Close


“O‘ZBEKINVEST” SUG‘URTA KOMPANIYASI XODIMLARI BILAN UCHRASHUV


  “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Mahallaboy ishlash tizimini tashkil etish bo‘yicha bosh menejer Ergash Xadjiev hamda “Murojaat 24” internet nashri muxbiri Najotbek Masharipovlar Urganch davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan uchrashib, kompaniya haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.

   Qizg‘in va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda mehmonlar yoshlarning orzu va intilishlari, o‘z oldilariga qo‘ygan aniq maqsadlari bilan ham o‘rtoqlashib, ularning notiqlik mahoratini ham sinovdan o‘tkazdilar.

    Uchrashuvda ishlash istagida bo‘lgan yoshlarga qonuniy, qulay, boshlang‘ich chiqimlarsiz va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ishlash tartibi tushuntirib berildi. 

    Ayniqsa, masofaviy ishlash ham mumkinligi va istalgan vaqtda ishdan bo‘shash istagining muammosiz va bepul qondirilishi talabalarda qiziqish uyg‘otdi.

 Bu kabi soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar, yoshlarning zamon va makon bilan hamnafasligini yanada oshirishiga ishonamiz!!!

urspi.uz;“O‘ZBEKINVEST” SUG‘URTA KOMPANIYASI XODIMLARI BILAN UCHRASHUV

urspi.uz;“O‘ZBEKINVEST” SUG‘URTA KOMPANIYASI XODIMLARI BILAN UCHRASHUV

Ulashish: