Urganch davlat pedagogika institutida matbuot anjumani tashkil etildi
Bugun, 22-mart sanasida Urganch davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2024-yildagi Davlat dasturi ijrosi tahlili” mavzusida keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur matbuot anjumani institutning o‘quv faoliyati misolida tahlil qilindi hamda anjumanda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Umarbek Sheripov tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar, ta’lim sifati, o‘quv jarayonlaridagi raqamlashtirish jarayonlari va bir qator masalalar yuzasidan ma’lumotlar tahlilga tortildi. Shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Umarbek Xo‘jamurodov ham ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdi.
Matbuot anjumanidan maqsad — oliy ta’lim muassasasi faoliyatining ochiqligini ta’minlash hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik qilishdan iborat.
Matbuot anjumanidan so‘ng yangi va zamonaviy, 7 qavatli Talabalar turar joyiga press-tur ham tashkil etildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati