Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ORQALI IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISH: MUAMMOLAR VA INNOVATSION YECHIMLAR” MAVZUSIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika institutida “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Hindiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va boshqa davlatlardan 10 nafarga yaqin xorijlik, shuningdek, respublikamiz va viloyatimizdan ham bir qator olimlar oflayn hamda onlayn tarzda ishtirok etdilar.

Ilmiy-amaliy anjuman mamlakatimiz taʼlim tizimining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mavzu – taʼlim sohasida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish: muammolar va innovatsion yechimlar mavzusiga bag'shlangan bo'lib, bugungi tezkor taraqqiyot davrida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, pedagogik yondashuvlarni zamonaviy talablarga moslashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Bugungi kunda zamonaviy taʼlim jarayonida pedagogik yondashuvlarni yangilash, o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan, ilm-fan va amaliy tajribaga asoslangan holda, innovatsion texnologiyalarni joriy etish har qachongidan ham muhim vazifadir.

Ilmiy-amaliy anjuman olimlarni ilm yo‘lida birlashtirdi hamda ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarga fikr almashish uchun munosib maydon va katta imkoniyat yaratib berdi.

 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: