UrDPI Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisida institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar. Kengash avvalida rektor tomonidan OAK xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi.
Kun tartibida Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan institutda amalga oshirilayotgan ishlar, bitiruvchilarning davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bilan bog‘liq tayyorgarlik jarayonlari haqida axborotlar tinglandi. Shuningdek, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yakunda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi.





©️ UrDPI matbuot xizmati