Close


URGANCH SHAHRIDA JOYLASHGAN “YOSHLIK” SPORT MAJMUASIDA “TALABALAR BAHORI” FESTIVALI DOIRASIDA TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.


Urganch shahrida joylashgan “Yoshlik” sport majmuasida “Talabalar bahori” festivali doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu festival davomida talabalar turli sport musobaqalari va intellektual bellashuvlarda o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

“Talabalar bahori” haftaligi doirasida Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi quyidagi natijalarga erishdi:

 “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlari musobaqasida – 1-o‘rin
“Munozara” intellektual turnirida – 2-o‘rin
 “Mushoira” tanlovida – 2-o‘rin
 Startup loyihasida – 3-o‘rin
Oshpazlik tanlovida - 3-o’rin
Stol-tennis oʻyinlarida - 3-o’rin
Futbol musobaqalarida – 2-o‘rin

© UrDPI matbuot xizmati


Talaba-yoshlarimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy muborakbod qilamiz!

Ulashish: