“Talaba — yugur” loyihasida UrDPI yoshlari faol ishtirok etdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasining bahorgi mavsumi sport musobaqasi o‘tkazildi.
Bugun, 13-may sanasida, viloyatimiz miqyosida o‘tkazilgan “Talaba — yugur” loyihasida Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etdi.
*Ma'lumot uchun, endilikda 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi. Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalari O‘zbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. G'oliblar ikki oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida pul mukofotiga ega bo'ladilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati