Close


AYOLLAR BIRINCHILIGINING BIRINCHI FINALCHISI UrDPI JAMOASI!


Ayollar birinchiligining birinchi finalchisi UrDPI jamoasi! 

Surhondaryo viloyatining Termiz shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida tashkil etilayotgan gandbol boʻyicha “Talabalar ligasi”ning respublika bosqichida bugun erkaklar va ayollar birinchiliklarida 1-4-oʻrinlar uchun yarim final uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

Unda Urganch davlat pedagogika instituti Termiz davlat pedagogika instituti jamoalari oʻrtasida ilk yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtdi va institutimiz gandbolchi qizlari 46:34 hisobida zafar quchib, dastlabki finalchiga aylanishdi. 

 Endilikda ular chempionlik uchun maydonga chiqishadi!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: