Close


UrDPIDA "SPORT OYLIGI" DOIRASIDA STOL TENNIS TURI BO‘YICHA SPORT MUSOBOQALARI BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda "Sport oyligi" doirasida  stol tennis turi bo‘yicha sport musoboqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi

Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil may oyi respublika oliy va kasbiy taʼlim muassasalarida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida "Sport oyligi" deb eʼlon qilingan. 

Bugun mazkur oylik doirasida Urganch davlat pedagogika institutida  stol tennis turi bo‘yicha sport musoboqalari o‘tkazildi. 

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga koʻra quyidagi fakultetlar jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-oʻrin: Aniq va amaliy fanlar fakulteti.
🥈 2-oʻrin: Boshlang‘ich ta’lim fakulteti.
🥉 3-oʻrin: Filologiya va tarix fakulteti.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: