Close


“S-IKBOL” TELEKANALI NIGOHIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


  Urganch tumani 26-son DMTTda amaliyot o‘tagan Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 223-guruh talabalari amaliyot rahbari Inobat Otaboyeva rahbarligida amaliyotning so‘nggi kuni munosabati bilan xayrlashuv kechasini o‘tkazdilar va amaliyot jarayonlari “S-IKBOL” telekanalida yoritildi. 

     Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi, bolajonlarda katta taassurotlar qoldirdi.

 Lavhadan “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri Doniyor Nafasov intervyusi ham o‘rin olgan!

Jonajon oliygohimizning har bir chiqishi va zarra bo‘lsin yutug‘i shu dargoh bilan taqdirim bog‘liq deguvchi yuragida shu dargohga mehri bo‘lgan har bir insonni quvontiradi, albatta!!!

UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: