Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MATBUOT XIZMATI TANLOV G‘OLIBLARI SAFIDA!


Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati tanlov g‘oliblari safida!

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi hamkorligida “Xorazmda milliylik – urfda” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda Urganch davlat pedagogika instituti matbuot kotibi Nazokat Kamilova ham mas’ullar tomonidan g‘oliblar safida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.

Ma'lumot uchun, tanlov g‘oliblari televideniya, bosma nashrlar, elektron nashrlar muxbirlari, matbuot kotiblari hamda blogerlar o‘rtasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi.
Tanlovga qisqa metrajli ijtimoiy roliklar, maqolalar, blog hamda fleshmoblar taqdim qilindi.
Tanlovga 2025-yil 1-fevraldan 2025-yil 20-aprelgacha bo‘lgan muddatda ommaviy axborot  vositalarida mavzu doirasida e’lon qilingan ijodiy ishlar taqdim etildi.

UrDPI matbuot xizmati barcha mas'ullarga e’tibor va e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiradi!  

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: