Close


UrDPI PROFESSOR-O'QITUVCHILARI INDONEZIYADA MALAKA OSHIRMOQDALAR


UrDPI professor-o'qituvchilari Indoneziyada malaka oshirmoqdalar 

Urganch davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Indoneziyaning nufuzli Gunadarma Universitetida tashkil etilgan “UG International Summer Course: Professional Development Program” nomli xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etmoqdalar. 

Kurs o‘z ichiga o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari, til o‘rganishda generativ sun’iy intellektdan foydalanish, chet tillarni o‘qitish metodikasi, ingliz tilini o‘qitish tajribalari bilan bog‘liq masalalarni hamda madaniy almashinuv dasturlarini qamrab olgan. 

Mazkur kurs institutimiz va Gunadarma universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida o‘tkazilib, o‘qituvchilarimiz uchun xalqaro tajriba almashinuvi va kelgusidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etish uchun muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: