Close


AQSHNING "VIRTUAL ENGLISH LANGUAGE EDUCATOR” LOYIHASIDA FILOLOGIYA VA TARIX FAKULTETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI ISHTIROK ETMOQDALAR


AQShning "Virtual English Language Educator” loyihasida Filologiya va tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqdalar 

To‘rt hafta davomida o‘tkaziladigan ushbu loyiha doirasida 15 nafar ingliz tili o‘qituvchilari ishtirokida ingliz tili darslarida sun’iy intellektdan (Artificial Intelligence) foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Ushbu mashg‘ulotlarga AQShlik mutaxassis, professor Dr. Douglas Anderson rahbarlik qilmoqda.

Ma’ruzalar zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, dars samaradorligini oshirish hamda ingliz tilini o‘qitishda sun’iy intellekt vositalaridan unumli foydalanish yo‘llarini qamrab oladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: