UrDPI talabalari “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovida vohamiz sharafini himoya qilib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi hamkorligida joriy yilning 26-may – 1-iyun kunlari Toshkent viloyatida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da “Ekologiya bilimdonlari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan Yosh ekologlar kengashlari a’zolari faol ishtirok etdi.
Ushbu nufuzli tanlovda Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan “Yashil voha” jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli 2 o‘rinni egalladi. Quvonarlisi, mazkur jamoada UrDPI talabalari Xorazm viloyati "Yosh ekologlar" kengashi raisi, guruh sardori Surayyo Sobirova, Tohir O‘razboyev, Sarvinoz Amatjanovalar ham g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.



©️ URDPI MATBUOT XIZMATI