Close


UrDPI REKTORI BUGUN HAM TALABALAR BILAN


UrDPI rektori bugun ham talabalar bilan 

Bugun 3-iyun kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Talabalar turar joyida yoshlarning fikr-mulohazalarini tingladi hamda badminton, stol tennisi sport musobaqalarida ishtirok etdi.

Sport musobaqalaridan soʻng rektor yoshlar bilan ochiq osmon ostida samimiy muloqot qildi. Motivatsion ruhda oʻtgan mazkur muloqot davomida rektor talabalarni yozni yorqin va vaqtdan samarali foydalangan holda oʻtkazishga chaqirdi.

Ayni kunlarda yurtimizda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari, ichki turizm safarlari, harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlari va yana ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tashkil etilmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: