Bugun Urganch davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili qabuli uchun Qabul komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 81-sonli Farmoni hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 27-maydagi 197-sonli buyrug‘i ijrosi
Yig‘ilishda Qabul komissiyasi aʼzolari va ularga yuklatilgan vazifalar muhokama etildi. Xususan, 2025/2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishni yuqori saviyada tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan tushgan ariza va takliflarni o‘z vaqtida o‘rganish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkorlik bilan batafsil javob berilishini taʼminlash uchun “Call center” va “Maslahat markazlari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo’yicha vazifalar belgilandi.



©️ UrDPI matbuot xizmati