Close


UrDPI DUNYONING TOP-1000 TALIGIDAN JOY OLGAN QOZOG‘ISTONNING 2 TA YETAKCHI UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUMLAR IMZOLADI


 UrDPI dunyoning TOP-1000 taligidan joy olgan Qozog‘istonning 2 ta yetakchi universiteti bilan memorandumlar imzoladi Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jaloladdin Sa’dullayev Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi. 

Xizmat safari doirasida  J.Sa’dullayev Qozog‘istonning xalqaro miqyosda tan olingan, dunyoning TOP-1000 taligida 671-o‘rinni egallagan Abay universiteti va 951-o‘rinda turgan Almata texnologiyalar universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Qozog‘iston ta’lim tizimidagi ilg‘or tajribalar va yangicha yondashuvlar bo‘yicha fikrlar almashildi. 

Muzokaralardan so‘ng UrDPI va mazkur oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

© UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: