Urganch davlat pedagogika institutida “Ta’lim va tarbiyada jadidchilik harakati namoyandalarining o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib oʻtdi
Mazkur anjumanda yurtimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, taniqli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Anjumanni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova, Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murovlar tabrik soʻzlari bilan ochib berdilar.
Tadbirda jadidchilik harakati vakillarining milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik va zamonaviy ta’lim tizimi shakllanishidagi o‘rni, ularning pedagogik qarashlari va bu boradagi sa’y-harakatlari, shuningdek bugungi yosh avlod tarbiyasida jadid bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosning beqiyos oʻrni xususida ma’ruzalar tinglandi.





©️ UrDPI matbuot xizmati