Close


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI REKTORI UrDPI FAOLIYATI BILAN TANISHDI


Toshkent  davlat agrar universiteti rektori UrDPI faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 12-iyun sanasida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzulla Oblomuradov va universitetning bir qator mas’ullari bilan uchrashdi. 

Mehmonlar institutda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar, xususan, Registrator ofisi, talabalarning ijodiy ishlarini oʻzida jamlagan “Galereya” xonasi, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va kasbga oʻrgatishga yoʻnaltirilgan “Talabalar ustaxonasi”, ochiq osmon ostidagi kutubxona - “Jadidlar bogʻi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: