UrDPI Akademik litseyining ilk bitiruvchilariga diplom va oltin medallar topshirildi
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ziyoddin Sa'dullayev hamda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximovalar ishtirok etdilar hamda bitiruvchi yoshlarni tabriklab, ularga ilm va pedagoglik yo‘lida muvaffaqiyat tiladilar.
Tadbir davomida:
— Yil davomida a’lo baholar bilan o‘qib, namunali xulqi va faolligi bilan ajralib turgan bitiruvchilarga “Oltin medal” va “Imtiyozli diplom”lar topshirildi.
— Aniq fanlar yo‘nalishi o‘quvchilariga “Elektron hujjatlarni qayta ishlash”, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish o‘quvchilariga “Ish yurituvchi”, xorijiy tillar yo‘nalishi o‘quvchilariga esa “Turagent” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shimcha sertifikatlar topshirildi.
— O‘z yutuqlari bilan ajralib turgan bitiruvchilar “Rektor stipendiyasi”ga hamda “Akademik litsey iftixori” stipendiyasiga sazovor bo‘ldi.
— Muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan 2 nafar bitiruvchi alohida e’tirof etildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati