Close


UrDPIDA BITIRUVCHILAR ISHTIROKIDA “KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI O'TKAZILDI


UrDPIda bitiruvchilar ishtirokida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o'tkazildi

 Bugun, 19-iyun sanasida, “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida bitiruvchi talabalarga munosib mehnat sharoitini yaratish, o‘zlari ta’lim olgan mutaxassisliklar bo‘yicha ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida karyera kuni mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, Urganch davlat pedagogika institutini 2024/2025-o‘quv yilida 5 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 361 nafar talaba, magistratura bosqichida 7 ta ta’lim mutaxasisligi bo‘yicha 68 nafar talaba bitkazadi. 

Ushbu mehnat yarmarkasida Xorazm viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va bir qator boshqa hamkor tashkilot vakillari o’zlarida mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdilar. 

Ushbu tadbir bitiruvchi talabalar ish beruvchilar bilan o'zaro muloqot qilish imkoniyati yaratilgani bilan ahamiyatli bo'ldi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: