Close


UrDPI TALABASI AQSHDA AKADEMIK DASTURDA STAJIROVKA O‘TAMOQDA


UrDPI talabasi AQShda akademik dasturda stajirovka o‘tamoqda

Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti talabasi Malika Matkarimova Study of the US Institutes for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalar uchun mo‘ljallangan, AQSHda bo‘lib o‘tayotgan 5 haftalik yetakchilik dasturida ishtirok etmoqda.

M.Matkarimova Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi hamda xalqaro IELTS C1 va TEFL sertifikati sohibasi, 30 dan ortiq maqola va tezislar muallifi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ro‘yxatidan o‘tgan 6 ta guvohnoma muallifi.

Ma’lumot uchun, dasturga respublikamizdagi 8000 nafar topshiruvchilar ichidan 4 nafar eng iqtidorli qizlar saralab olindi. Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: