Close


BUGUN, 26-IYUN KUNI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2025/2026-O‘QUV YILI UCHUN QABUL MASALALARI BO‘YICHA MATBUOT ANJUMANI BO‘LIB O‘TDI.


Bugun, 26-iyun kuni Urganch davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul masalalari bo‘yicha Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Matbuot anjumani davomida institut rektori Feruza Madraximova tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi. Anjumanda 20 dan ortiq ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi. 

2025/2026-o‘quv yili bo’yicha Urganch davlat pedagogika institutiga bakalavriat kunduzgi ta’lim uchun 19 ta taʼlim yo‘nalishi, kechki taʼlim uchun 12 ta taʼlim yo‘nalishi, magistratura bosqichiga 16 ta mutaxassislik bo‘yicha kvotalar ajratilgan. Institutda 2025/2026-o‘quv yili qabulini yuqori saviyada o‘tkazish hamda abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berilishini taʼminlash uchun “Call-center” va “Maslahat markazlari” faoliyati tashkil etilgan.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: