Close


ISTE’DODLI O‘QITUVCHIMIZ ROSSIYA FEDERATSIYASINING “COMMONDRUGESTVO_SOCIETY_2023” XALQARO KO‘RGAZMA-TANLOVI TANLOVI VA O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING TASVIRIY VA AMALIY SANʼAT FESTIVALI G‘OLIBI


  Iste’dodli o‘qituvchimiz, Filologiya va san’at fakulteti “San’atshunoslik” kafedrasi mudiri Dilshod Sherov, Rossiya Federatsiyasi, Udmurt Respublikasining Udmurt davlat universiteti (UdGU)da an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “COMMONDRUGESTVO_SOCIETY_2023” xalqaro ko‘rgazma-tanlovida ham ishtirok etdi hamda “I DARAJALI DIPLOM” bilan taqdirlandi.

    Ma’lumot uchun ko‘rgazma-tanlovda o‘qituvchilar va talabalarning me’morchilik, dizayn, tasviriy san’atga oid ijosiy ishlari namoyish qilindi va iste’dodlar ichidan eng yaxshilari saralab olindi.

    Milliy sanʼatimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan boy merosi, bugungi salohiyati va rivojlanishini targ‘ib etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi  faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son, “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarorlari ijrosi yuzasidan Badiiy akademiya hamda qator vazirlik, idoralar hamkorligida joriy yil 17-21-aprel kunlari respublikamiz bo‘ylab Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali o‘tkazildi va unda “DIPLOM” bilan taqdirlandi.

IJOD VA ILM INSON UCHUN HAMDA IJOD INSONI INSONLAR MA'NAVIY KAMOLOTINING TARBIYACHISIDIR! 
MA'NAVIY KAMOLOTIMIZ TARBIYACHISIGA YANGIDAN-YANGI ZAFARLAR TILAB QOLAMIZ!!!

urspi.uz;ISTE’DODLI O‘QITUVCHIMIZ ROSSIYA FEDERATSIYASINING “COMMONDRUGESTVO_SOCIETY_2023” XALQARO KO‘RGAZMA-TANLOVI TANLOVI VA O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINING TASVIRIY VA AMALIY SANʼAT FESTIVALI  G‘OLIBI

Ulashish: