Close
Skip to main content


"YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYDI!" MAVZUSIDAGI TANLOVDA ISHTIROK ETING!


Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar" tanlovi joriy yilning 16-25-sentabr kunlari o‘tkaziladi.

Tanlovning maqsadi yoshlarning korrupsiya bilan bog‘liq bilimlarini yanada oshirish hamda ularning iqtidorlarini namoyish qilishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlar tomonidan chizilgan rasmlar institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy bo‘limiga taqdim etilib, talaba-yoshlarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. 

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi: 
1-o‘rin: I darajali diplom va talabalar stipendiyasining 3 baravari miqdorida pul mukofoti;
2-o‘rin: II darajali diplom va talabalar stipendiyasining 2 baravari miqdorida pul mukofoti;
3-o‘rin: III darajali diplom va talabalar stipendiyasining 1 baravari miqdorida pul mukofoti.

Tanlovning institut bosqichida g‘olib deb topilgan talaba-yoshlarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. 

TANLOV NIZOMI 

Tanlovda faol ishtirok eting hamda o‘z iste'dodingizni namoyon qiling!

©️ UrDPI matbuot xizmati