XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH ISTAGIDA BO‘LGAN IQTIDORLI VA IZLANUVCHAN TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!
DIQQAT, E’LON!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 36-son qaroriga asosan 2024-yil 15-noyabr kuni “Dunyoqarashlar muloqoti: yoshlarning jamiyat kelajagiga munosabati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi talaba va o‘quvchilarning jamiyat taraqqiyotiga munosabatini aniqlash, ularda notiqlik mahorati va ilmiy salohiyatni namoyon qilish, xorijiy talabalar bilan O‘zbekiston talabalarining ilmiy muloqotini tashkil etishdan iborat.
Qadrli izlanuvchan va iqtidorli talabalarimiz, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok eting!
Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998632291830 hamda +998943102238 raqamlariga bog‘lanib olishingiz mumkin.
Murojaat uchun manzil: Urganch shahri, Gurlan ko'chasi, 1A-uy. Asosiy bino, 2-qavat, 208-xona.
©️ UrDPI matbuot xizmati