UrDPINING TALABALAR TURAR JOYI BINOSIDAGI TALABALAR BEPUL SIMSIZ INTERNET TARMOG‘I (WI-FI) BILAN TA’MINLANDI!
UrDPIning Talabalar turar joyi binosidagi talabalar bepul simsiz internet tarmog‘i (Wi-Fi) bilan ta’minlandi!
Institutda simsiz internet tarmog‘idan foydalanish hududlarini kengaytirish, talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda talabalar turar joyi binosidagi talabalarni bepul simsiz internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida yangi yetti qavatli talabalar turar joyi binosining barcha qavatiga Wi-Fi (UniFi) qurilmalari o‘rnatildi.
Lokal tarmoqni ichki va tashqi tahdidlardan himoyalash hamda institutda internet tarmog‘ini nazorat qilish uchun “Kerio Control” dasturi ishga tushirilgan.
Shu munosabat bilan dastlab Wi-Figa ulanayotgan foydalanuvchilar qurilmalarini MAC manzillarini TTJ binosining Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi (2-qavat 213-xona)da ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.
Murojaat uchun: @Uzb_5515

©️ UrDPI matbuot xizmati