Close


UrDPIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR FARZANDLARI UCHUN BEPUL TAYYORLOV KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA!


UrDPIda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda!

Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 1-fevral sanasidan yoshlarni tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar  yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosi 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida abituriyentlar, jumladan, kambag’al va kam ta’minlangan oilalarning bitiruvchi sinfdagi farzandlari uchun tayyorlov kurslarini tashkil etish to’g’risida”gi  18-son buyrug’i ijrosi 

Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi, 1-A uy. Mo‘ljal: “Rayhon” bozori yonida.
Murojaat uchun: O‘quv bo‘limi (Asosiy bino, 2-qavat, 205-xona).
+998622291476

Bilim olish istagida bo’lgan yoshlarni maxsus BEPUL o‘quv kurslariga taklif qilamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati