URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALAR DIQQATIGA!
Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida yashovchi talabalar diqqatiga!
Navro‘z bayrami munosabati bilan Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni milliy qadriyatlarga muhabbat ruhida tarbiyalash, obodonlik, tozalik, sarishtalik kabi fazilatlarni talabalarning kundalik hayot tarziga aylantirish, ular o‘rtasida yanada jipslik, bir jamoa bo‘lib ahil yashash kabi tuyg‘ularni yuksaltirish maqsadida “Ko‘ngillardan boshlanar Navro‘z!” mavzusida tanlov e’lon qilindi.
Tanlov I bosqichli tizimda “Eng ozoda va ahil qavat”, “Eng ozoda va ahil xona”, “Eng ozoda oshxona”, “Talabalar turar joyi eng faol talabasi” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlov g‘oliblari 17-22-mart kunlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan kutilmagan vaqtda Talabalar turar joyida o‘tkazilgan o‘rganishlar va kuzatishlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
G‘oliblar “Eng ozoda va ahil qavat” nominatsiyasi uchun har bir o‘ringa 500 ming so‘mlik eng sara kitoblar jamlanmasi, “Eng ozoda oshxona”, “Eng ozoda va ahil xona”, “Talabalar turar joyi eng faol talabasi” nominatsiyalari uchun ham qimmatbaho sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Barchani tanlovda faol ishtirok qilishga chaqiramiz!
Murojaat uchun: +99897-791-24-42

©️ UrDPI matbuot xizmati