Close


“TOVARLAR VA XIZMATLAR SAVDOSINI RIVOJLANTIRISH” MAVZUSIDA O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA TALABALARI O‘RTASIDA XALQARO TANLOV TASHKIL ETILMOQDA.


“Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida O‘zbekiston va Rossiya talabalari o‘rtasida xalqaro tanlov tashkil etilmoqda.

Ushbu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi hamda Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tanlovning maqsadi — talabalarni xalqaro savdo, iqtisodiy tahlil, menejment va marketing sohalaridagi dolzarb masalalarni chuqur o‘rganishga, yangicha g‘oyalar ilgari surishga jalb etishdir.

🗓 Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-iyungacha
📝 Tanlov bosqichlari: 2025-yil oktabr oyigacha davom etadi.

📎 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://rouz.vavt.ru/

📞 Murojaat uchun UrDPI O‘quv bo‘limi: +998 97 602 81 82

© UrDPI matbuot xizmati