Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING 1-BOSQICHINI YAKUNLAYOTGAN TALABALAR DIQQATIGA!


Urganch davlat pedagogika institutining 1-bosqichini yakunlayotgan talabalar diqqatiga!

grant.urspi.uz — Davlat ta’lim grantlari uchun arizalarni onlayn shaklda topshirish imkonini beruvchi maxsus platforma ishga tushirildi!

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1-bosqich talabalariga davlat grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi yangi nizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga asosan, Urganch davlat pedagogika instituti talabalari uchun ham grantlarni onlayn tarzda taqdim etish va ularni qayta taqsimlash jarayonlari endilikda grant.urspi.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

Ushbu platforma orqali 1-kurs talabalari davlat ta’lim grantlarini olish uchun onlayn ariza topshirishlari hamda grant taqsimoti natijalaridan norozi bo‘lsa, apellyatsiyaga berishlari mumkin.

Tizimning asosiy qulayliklari:
— Faqat 1-bosqich bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan;
 — HEMIS tizimi orqali avtomatik avtorizatsiya;
 — Ariza holatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud; 
 — Jarayon to‘liq onlayn va shaffof tarzda amalga oshiriladi.

Ariza topshirish va apellyatsiya berish muddatlari grant.urspi.uz saytida e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun institut Registrator bo‘limi yoki mas’ul fakultet tyutorlariga murojaat qilishingiz mumkin.

© UrDPI matbuot xizmati