TA'LIM GRANTI BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT!
TA'LIM GRANTI BO‘YICHA MUHIM MA’LUMOT!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga asosan, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim granti ajratish tartibida quyidagi yangiliklar joriy etilganligini eslatib oʻtamiz.
Kimlar ta’lim granti tanlovida ishtirok etadi?
— Kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan 1-kurs talabalariga grant ajratiladi.
— 2-kurs va undan yuqori kurslarda o‘qiyotgan, yuqori akademik reytingga ega, ijtimoiy faol talabalar o‘rtasida grantlar tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi.
— Stipendiya faqat to‘liq ta’lim granti sohiblariga to‘lanadi.
Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohiblari-chi?
— Ushbu grant sohiblariga o‘qish davri davomida to‘liq ta’lim granti ajratiladi. Ular alohida tanlovda ishtirok etishlari talab etilmaydi.
Qo‘shimcha davlat granti kimlarga beriladi?
— Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan, o‘quv yili bo‘yicha GPA (o‘rtacha baho) ko‘rsatkichi 4.0 va undan yuqori bo‘lgan, belgilangan ijtimoiy toifaga kiruvchi talabalar ushbu grant uchun ariza topshirishlari mumkin.
Ariza topshirish muddati 20-iyulgacha. Arizalar 25-iyulgacha komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ariza topshirish va apellyatsiya berish muddatlari grant.urspi.uz saytida e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Xudoyberganov hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Ravqat Masharipovga murojaat qilishingiz mumkin.
@UrDPIMBB
@ravqat_masharipov844
Eslatma: Ariza bergan talabalarning akademik ko‘rsatkichlari (GPA) va ijtimoiy faolligi maxsus komissiya tomonidan baholanadi.

©️ UrDPI matbuot xizmati