Close


“KITOBXONLIK TESTI” BO‘LIB OʻTADIGAN SANALAR BELGILANDI!


“Kitobxonlik testi” bo‘lib oʻtadigan sanalar belgilandi!

 Urganch davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga! 

“100 ta kitob” loyihasi doirasida talabalarning ijtimoiy faolligini baholash va grant ballarini shakllantirish maqsadida institutda kitobxonlik test sinovi tashkil etiladi.

Test sinovi tavsiya etilgan 12 ta adabiyot asosida bo‘lib o‘tadi va natijalar HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda grant.urspi.uz platformasiga yuklanadi. Ushbu ballar davlat grantlarini qayta taqsimlashda muhim rol o‘ynaydi.

 Test topshirish sanalari va vaqtlar quyidagicha:

 21-iyul, dushanba
 09:00 – 14:00 — Filologiya va tarix fakulteti
 15:00 – 17:00 — Pedagogika fakulteti

 22-iyul, seshanba
 09:00 – 14:00 — Aniq va amaliy fanlar fakulteti
 14:00 – 16:00 — Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
 16:00 dan boshlab — Magistraturada tahsil olayotgan magistrantlar

 Test o‘tkaziladigan joy: Institut Axborot-resurs markazi (ARM)

Kitob o‘qing, testdan o‘ting, ball to‘plang va grantga qadam tashlang!

© UrDPI matbuot xizmati