URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA 2024/2025-O‘QUV YILIDA QABUL QILINGAN, 2-KURSIDA TAʼLIM GRANTI UCHUN ARIZA BERGAN TALABGORLARNING YAKUNIY NATIJALARI
Urganch davlat pedagogika institutiga 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan, 2-kursida taʼlim granti uchun ariza bergan talabgorlarning yakuniy natijalari
Quyidagi havola orqali yakuniy natijalar bilan batafsil tanishishingiz mumkin: https://www.urspi.uz/uz/site/active?id=170
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1-bosqich talabalariga davlat grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi yangi nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur qarorga asosan, Urganch davlat pedagogika instituti talabalari uchun ham grantlarni onlayn tarzda taqdim etish va ularni qayta taqsimlash jarayonlari endilikda grant.urspi.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu platforma orqali 1-kurs talabalari davlat ta’lim grantlarini olish uchun onlayn ariza topshirishlari hamda grant taqsimoti natijalaridan norozi bo‘lsa, apellyatsiyaga berishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun institut O'quv bo'limiga hamda mas’ul fakultet tyutorlariga murojat qilishingiz mumkin.

©️ UrDPI matbuot xizmati