UrDPI MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIDA QO‘SHIMCHA QABUL ASOSIDA MAGISTRATURADA O‘QISHNI ISTAGANLAR UCHUN MUHIM MA’LUMOT!
UrDPI magistratura mutaxassisliklarida Qo‘shimcha qabul asosida magistraturada o‘qishni istaganlar uchun muhim ma’lumot!
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati yaratilmoqda.
Xususan, Urganch davlat pedagogika instituti magistratura mutaxassislikligiga o'qishga topshirgan, lekin talabalikka tavsiya qilinmagan abituriyentlar joriy yilning 4-oktabr sanasigacha institutning Magistratura bo'limiga murojaat qilishlari so'raladi.
Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
Qo‘shimcha qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni 2 yil davomida to‘laydi. Xuddi bakalavrga o‘xshab, faqat bir yil super-kontrakt to‘lab, ikkinchi kursdan oddiy kontraktga o‘tish holati yo‘q.
Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham.
Murojaat uchun: +998 97 792 19 09

©️ UrDPI matbuot xizmati