Close


UrDPI TALABA-YOSHLARI O‘RTASIDA “MA’RIFAT MAYDONI” KO‘RIK TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILADI!


UrDPI talaba-yoshlari o‘rtasida “MA’RIFAT MAYDONI” ko‘rik tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi!

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni ma’naviy barkamollikka yo‘naltirish, iqtidorli yoshlar uchun o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatini yaratish maqsadida Urganch davlat pedagogika institutida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarni atoqli adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqat, ilmga chanqoqlik va yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib etishdir.

Tanlovning institut bosqichi joriy yil 7-noyabr kuni bo'lib o'tadi. 
Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari quyidagicha taqdirlanadilar: 
 1-o‘rin — 40 000 000 so‘m
 2-o‘rin — 25 000 000 so‘m
 3-o‘rin — 20 000 000 so‘m
 4-o‘rin — 10 000 000 so‘m
 5-o‘rin — 5 000 000 so‘m

 Ishtirok etish uchun hujjatlarni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga 1-noyabr sanasiga qadar taqdim etishingiz so‘raladi.

 Batafsil tanlov nizomi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: TANLOV NIZOMI

© UrDPI matbuot xizmati