Close


“YOSHLAR KORRUPSIYAGA YO‘Q DEYDI!” MAVZUSIDAGI INSHOLAR VA RASMLAR TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI OʻTKAZILADI!


“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusidagi insholar va rasmlar tanlovining institut bosqichi oʻtkaziladi!

Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi joriy yilning 10-15-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar”tanlovi joriy yilning 17-21-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Tanlovning maqsadi yoshlarning korrupsiya bilan bog‘liq bilimlarini yanada oshirish hamda ularning iqtidorlarini namoyon qilishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etgan talaba-yoshlarning ishlari institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy bo‘limiga taqdim etilib, hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. 

 Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi: 
1-o‘rin: I darajali diplom va talabalar stipendiyasining 3 baravari miqdorida pul mukofoti;
2-o‘rin: II darajali diplom va talabalar stipendiyasining 2 baravari miqdorida pul mukofoti;
3-o‘rin: III darajali diplom va talabalar stipendiyasining 1 baravari miqdorida pul mukofoti.

Tanlovning 1-bosqichi fakultet doirasida o‘tkazilib, eng yaxshi insho egalari hisoblangan 10 nafar talaba-yoshlarga tanlovning institut bosqichida fakultet nomidan ishtirok etish uchun yo‘llanma beriladi.  Tanlovning institut bosqichida g‘olib deb topilgan talaba-yoshlarga tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi. 

Tanlovda faol ishtirok eting hamda o‘z iste'dodingizni namoyon qiling!


© UrDPI matbuot xizmati