“KONSTITUTSIYA — ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI” ILMIY MAQOLALAR TANLOVIDA ISHTUROK ETING!
“KONSTITUTSIYA — ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI”
ilmiy maqolalar tanlovida ishturok eting!
Urganch davlat pedagogika instituti bakalavriat va magistratura talabalari, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda tadqiqotchilar o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilindi.
Tanlovning asosiy shartlari:
Tanlovda maqola mualliflarining soni 3 nafargacha yoki yakka mualliflik asosida;
Maqola mavzusi umumiy tanlov mavzusiga mos bo‘lishi shart;
Maqola IMRAD talablari asosida 5–6 bet hajmda (Times New Roman, 14 shrift, 1.15 interval) tayyorlanadi;
Ilmiylik, mustaqillik, haqqoniylik va plagiatsiz bo‘lishi talab etiladi.
Maqolalar dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Maqolalarni topshirish muddati:
2025-yil 2-dekabr.
Maqolalarni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: https://forms.gle/Zgr8UEaN74LA89JY7
G‘oliblarni rag‘batlantirish:
1-, 2-, 3-o‘rin sohiblari institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan taqdirlanadi. Natijalar institutning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
M. Otajonov – “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasi
Tel.: +998 93 928 13 00

©️ UrDPI matbuot xizmati