Close


XALQARO IMKONIYAT — TYS IMTIHONI URGANCHDA O‘TKAZILADI


Xalqaro imkoniyat — TYS imtihoni Urganchda o‘tkaziladi

Urganch davlat pedagogika institutida TYS (Türkçe Yeterlilik Sınavı) — turk tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro imtihon bo‘lib o‘tadi.

TYS nima?
TYS — Turkiya oliy ta’lim muassasalariga kirish, ish faoliyati va rasmiy jarayonlarda turk tili darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikat.

Ro‘yxatdan o‘tish sanalari: 2025-yil 8-dekabr 3-yanvargacha 
 Imtihon sanalari: 2026-yil 1–2-fevral
Ro‘yxatdan o‘tish: sinav.yee.org.tr
Manzil: Gurlan ko‘chasi 1A- uy. Urganch davlat pedagogika instituti Asosiy bino 207-xona. 

 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

© UrDPI matbuot xizmati