Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI DIQQATIGA!


Urganch davlat pedagogika instituti talabalari diqqatiga!

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetining tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida ijodiy tanlovlar tashkil etilmoqda.

 “Navoiyga ehtirom” mavzusida video formatda ifodali o‘qilgan she’rlar hamda qo‘shiqlar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar 2026-yil 8-fevralga qadar qabul qilinib, mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Tanlov g‘oliblari tegishli tartibda taqdirlanadi.

Materiallar @Nazokat_Saidjonovna telegram manziliga yuborilishi lozim.

Talaba-yoshlarni mazkur tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

© UrDPI matbuot xizmati