Close
Skip to main content


XORAZM VILOYATIDAGI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING 11-SINF BITIRUVCHI O‘QUVCHILARI DIQQATIGA!


Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari diqqatiga!

Urganch davlat pedagogika instituti hamda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida 2025/2026 o‘quv yili doirasida fizika, kimyo, biologiya  fanlari bo‘yicha tuman (shahar)-viloyat — OTT  bosqichlarida fan olimpiadasi o‘tkazilmoqda. 

 Olimpiadaning yakuniy bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar belgilangan tartibda Urganch davlat pedagogika institutining mablagʻlari hisobidan IMTIHONSIZ O‘QISHga qabul qilinadi! 

Olimpiada bosqichlari:
Tuman (shahar) bosqichi – 27-aprel 2026-yil
Viloyat bosqichi – 29-aprel 2026-yil
Institut (yakuniy) bosqichi – 30-aprel 2026-yil 

Ishtirok etish tartibi:
•  Barcha 11-sinf o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda qatnashishi mumkin. 
•  Ishtirok etish uchun havoladan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
•  Har bir bosqich natijalariga ko‘ra eng kuchli ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi. 

 NIZOM BILAN TANISHISH 

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://docs.google.com/forms/d/1UkAZEFVLsNnJcd_RnF7FdTg5SRc_NAf12B0cRhGeIZY/edit

Barcha iqtidorli o‘quvchilarni ushbu olimpiadada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

©UrDPI matbuot xizmati