UrDPIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI E’LON QILINADI!
UrDPIda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomli davlat stipendiyalari tanlovining birinchi bosqichi e’lon qilinadi!
Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda Nomli davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov va boshqa stipendiyalar) tanlovining birinchi — institut bosqichi uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-kurs va 4-kurs talabalari bo‘lishi;
Prezident davlat stipendiyasi talabgorlari o‘qish davomida faqat a’lo baholarga o‘qigan bo‘lishi;
Nomli davlat stipendiyalari talabgorlari joriy reytingining kamida 85 foizi a’lo baholardan iborat bo‘lishi;
Kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo‘lish hamda ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza bilan ishtirok etgan bo‘lishi;
Davlat tilini va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilishi.
Topshiriladigan hujjatlar:
• HEMIS tizimidan olingan transkript;
• Fakultet dekani, kafedra mudiri va ilmiy rahbar tavsiyanomalari;
• Ilmiy maqola va tezislar ro‘yxati hamda bosma nusxalari;
• Diplom, faxriy yorliq va sertifikatlar nusxalari;
• Obyektivka, pasport (ID karta) nusxasi va ilmiy ish annotatsiyasi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati joriy yilning 1-iyunidan 10-iyun sanasiga qadar
Murojaat uchun:
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
@diyora_safayeva
©️ UrDPI matbuot xizmati