“ENG YAXSHI FOTOALBOM” VA “ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVI
“Eng yaxshi fotoalbom” va “eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Urganch davlat pedagogika institutida “Eng yaxshi fotoalbom” va “Eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovning maqsadi: talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va mustaqillikka daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyat va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash.
Tanlovda barcha talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Ijodiy ishlar Mustaqillikning 35 yilligi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, milliy qadriyatlar hamda yoshlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rnini aks ettirishi lozim.
🏆 G‘oliblar munosib taqdirlanadi va rag‘batlantiriladi.
📅 Tanlov muddati: 2026-yil 4-sentabrga qadar.
Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosariga murojaat qiling!
Barcha talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati