URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA QATAG‘ON QURBONLARINING HAYOTI VA FAOLIYATIGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLALAR VA YOZMA MULOHAZALAR TANLOVI O‘TKAZILADI
Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar tanlovi o‘tkaziladi
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xalqimiz tarixining murakkab va mashaqqatli davrlarini chuqur o‘rganish, qatag‘on qurbonlarining hayoti, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy faoliyatini keng targ‘ib etish, yosh avlod qalbida tarixiy xotira, milliy o‘zlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.
Ishtirok etish
✅Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqola;
✅Mavzu yuzasidan o‘z qarashlaringiz, tahlil va xulosalaringiz aks etgan yozma mulohaza bilan ishtirok etishingiz mumkin.
🗓 Tanlov bosqichlari:
Fakultetlar bosqichi: 15–25-sentabr
Institut bosqichi: 26-sentabr–5-oktabr
Tanlovning institut bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.
Aziz talabalar!
O‘z ilmiy salohiyatingizni namoyon eting, tariximizning og‘riqli, ammo ibratli sahifalarini o‘rganing va tanlovda faol ishtirok eting!
Batafsil ma’lumot va tanlov talablari bilan Nizom asosida tanishishingiz mumkin.
🎓Tanlov nizomi

©️ UrDPI matbuot xizmati