Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TYUTORLARI DIQQATIGA!


Urganch davlat pedagogika instituti tyutorlari diqqatiga!

✅ Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, tyutorlik faoliyatini izchil rag‘batlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va zamonaviy mexanizmlarni joriy etish maqsadida har yili turli nominatsiyalar bo‘yicha “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Urganch davlat pedagogika instituti tyutorlarini mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
 

O‘z faoliyatingiz, tashabbuslaringiz va tajribangizni namoyon eting!



👉 Tanlov nizomi

©️ UrDPI matbuot xizmati