URGANÇ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARI ÖRTASIDA ILM-FANGA QIZIQIŞNI OŞIRIŞ, YOŞLARNING IJODIY SALOHIYATI VA MEDIA KÖNIKMALARINI RIVOJLANTIRIŞ MAQSADIDA “BIR IXTIRO TARIXI” VIDEOROLIKLAR TANLOVI E’LON QILINADI.
Urganç davlat pedagogika instituti talabalari örtasida ilm-fanga qiziqişni oşiriş, yoşlarning ijodiy salohiyati va media könikmalarini rivojlantiriş maqsadida “Bir ixtiro tarixi” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi.
Insoniyat hayotini özgartirgan ixtirolardan birini tanlang va uning yaratiliş tarixini qiziqarli videorolik orqali hikoya qiling!
Tanlov şartlari:
— tanlovda yakka tartibda yoki 3 nafargaça jamoa bölib qatnaşiş mumkin;
— videorolik davomiyligi 1–3 daqiqa bölişi lozim;
— material özbek tilida, MP4 formatida tayyorlanadi;
— ixtironing yaratiliş tarixi, uni rivojlantirgan olimlar va bugungi hayotimizdagi ahamiyati yoritiladi;
— ma’lumotlar işonçli manbalarga asoslanişi kerak.
Işlar mazmunning ilmiy asoslanganligi, ijodiy yondaşuv, bayon ravonligi hamda tasvir va ovoz sifati böyiça baholanadi.
Ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. Saralangan videoroliklar institutning rasmiy sahifalarida mualliflari körsatilgan holda e’lon qilinadi.
Videoroliklarni yuboriş: @M_shaxrizada
Ixtirolar tarixini örganing, ijodingizni namoyon eting va bilimlaringizni boşqalar bilan ulaşing!

©️ UrDPI matbuot xizmati