Close


TALABAGA QULAYLIK


Urganch davlat pedagogika institutida talabalarning 2023/2024-o‘quv yilida talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashishlariga ko‘maklashish va yanada qulaylik yaratish maqsadida “Talabaga yordam” nomi ostida Talabalar turar joyi va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirda oliygohning mas'ul xodimlari hamda ko‘ngilli volontyor talabalari tomonidan murojaat qiluvchilarga amaliy yordam berilmoqda.