“URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI AXBOROTNOMASI” ILMIY-NAZARIY, METODIK JURNALINING 2-SONI NASHRDAN CHIQDI!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrant va talabalar!
«Urganch davlat pedagogika instituti axborotnomasi» jurnaliga maqolalar qabul qilish quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi:
1) 01.00.00 – FIZIKA-MATEMATIKA
2) 03.00.00 – BIOLOGIYA
3) 07.00.00 – TARIX
4) 08.00.00 – IQTISODIYOT
5) 09.00.00 – FALSAFA
6) 10.00.00 – FILOLOGIYA
7) 13.00.00 – PEDAGOGIKA
8) 19.00.00 – PSIXOLOGIYA
Jurnalda maqola qabul qilish talablari:
1. Maqola matni lotin yozuvida va kamida olti varaqdan iborat bo‘lishi lozim.
2. Ikkita taqriz (ichki va tashqi). Maqola tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha PhD yoki fan doktorining rasmiy taqrizi bilan birga qabul qilinadi.
Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
1. Maqola mavzusi bosh harflar bilan qoraytirib yozilishi lozim.
2. Muallifning ismi va familiyasi, lavozimi hamda ish joyi to‘liq sarlavha ustida yozilishi lozim, telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.
3. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tilda qabul qilinadi, annotatsiyasi uch tilda (o‘zbek, rus va ingiliz tilida) yozilishi shart.
4. Kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tilida 5-7 so‘zdan iborat bo‘lishi tavsiya qilinadi.
5. Maqolaga havolalar [1], [2], [3] ketma-ketligida yoki havola tarzida berilishi mumkin.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida berilishi shart.
7. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kegelda bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1,5 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi.
Jurnalga maqolalarning kelib tushish davriyligiga qarab, ketma-ketlikda nashr qilinadi.
To‘plamga maqolalarni https://mail.urspi.uz/ yoki @qalandarova1993 telegram manziliga (📲+998942307788 telefon raqami) jo‘natishingiz mumkin.
Maroqli mutolaa tilaymiz!
©️ UrDPI Matbuot xizmati