JORIY YIL KASBIY (IJODIY) IMTIHON TOPSHIRADIGAN ABITURIYENTLAR UCHUN ALOHIDA RUXSATNOMALAR BERISH JORIY QILINDI
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️ Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
➖ yo‘nalish;
➖ oliy ta’lim muassasasi nomi;
➖ manzil;
➖ sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati