Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK UCHUN 15-IYULDAN 15-AVGUSTGACHA QUYIDAGI SOHALARDA HUJJAT QABUL QILISH BOSHLANDI!


📣  Urganch davlat pedagogika institutida Mustaqil izlanuvchilik uchun 15-iyuldan 15-avgustgacha quyidagi sohalarda hujjat qabul qilish boshlandi!
                                 
13.00.01 — Pedagogika nazariyasi va tarixi      
13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha)                          
13.00.04 — Jismoniy tarbiya                         
19.00.06 — Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi 
07.00.01 — Oʻzbekiston tarixi
09.00.04 — Ijtimoiy falsafa
10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik

✅ Mustaqil izlanuvchilik (PhD) hamda (DSc) ga oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
— Ariza;
— Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka - namuna 3.5 shakl boʻyicha oʻzbekcha va ruscha shaklda);
— Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi;
— Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
— Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);
— Pasport nusxasi;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
Izoh: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim http://phd.mininnovation.uz orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.   
                             
*Izoh: Barcha hujjatlar saytga yuklashdan avval rangli, tiniq va sifatli boʻlishi shart. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati