RESPUBLIKA OTMLARIGA O‘QISHNI KO‘CHIRISH UCHUN ONLAYN ARIZA YUBORISH BOSHLANDI!
#O‘qishni_ko‘chirish
⚡️ E’lon! Respublika OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi!
2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga (https://lex.uz/uz/docs/-6070845) ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2024-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
O‘tish ballari bu yerda: https://t.me/eduuz/24105

©️ UrDPI Matbuot xizmati